Xalqaro, “Turk dunyosi kinofilmlari haftasi” Istanbulda o’z ishini boshladi

Turk Dunyosining turli 10 davlati nomidan 10 asar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilinadigan dasturning ochilish marosimi Istanbulda tantanali ravishda bo’lib o’tdi.

1061645
Xalqaro, “Turk dunyosi kinofilmlari haftasi” Istanbulda o’z ishini boshladi

Turk Dunyosi Kinochilar uyushmasi bilan Yevroosiyo Madaniyat va san’at jamiyati tomonidan bu yil ikkinchisi uyushtirilgan xalqaro, "Turk dunyosi kinofilmlari haftasi” o’z ishini boshladi.

Turk Dunyosining turli 10 davlati nomidan 10 asar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilinadigan dasturning ochilish marosimi Istanbulda tantanali ravishda bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida nutq so’zlagan Yevroosiyo Madaniyat va san’at jamiyati raisi Menderes Demir, Turk dunyosi tuproqlarining Sharqiy Turkistondan Yevropagacha davom etganligiga e’tibor qaratgan holda,  

“Ajoyib ve keng madaniyatga ega buyuk oilamiz. Maqsadimiz Turk madaniyatini kinofilm orqali havola etishdir. Shuningdek turklarning san’atdagi, kinofilmdagi va madaniyatdagi o’rnini dunyoga izoh etishdir” dedi.

Menderes Demir so’zlarinnig davomida mazkur tadbirni qo’llab-quvvatlagan hammaga minnardorchilik bildirib,

“Madaniyat va san’at orqali insonlarning birodarlik tuyg’ulari yana-da mustahkamlashadi. Turklarning Tilda, fikrda, ishda birlik degan shior bilan faoliyat olib borishiga hissa qo’shadi. Umid qilamizki bu tadbir orqali bir hafta, ortidan 6-oktabr kuni esa Istanbul universitetidagi Turk dunyosining xujjatli film festivali doirasida shaharda Turk dunyosi shamoli estiramiz” deya gapirdi.  

Marosimda ishtirok etgan turkmanistonlik rejissyor, senarist va aktyor Xo’jakulu Narliyev ham tadbirni ijobiy baholagan holda,

“Turklarning bir-birini tanishi jihatidan kinofilmning o’rni alohida o’ringa ega. Bu orqali o’rtamizdagi birodarlik rishtalarini, aloqalarini takror jonlantiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Ochilish marosimidagi nutqlar ortidan Ismail Gunesh tomonidan tasvirga olingan “Karvon 1915” filmi birinchi marotaba namoyish etildi.

Turk Dunyosi o’rtasida til va madaniyat birligini yo’lga qo’yish maqsadida uyushtirilgan mazkur kinofilm haftasining birinchisi, o’tgan yili Tatariston poytaxti Kazanda bo’lib o’tgan edi.  

Bu yilgi tadbir 6-oktabrgacha davom etadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar