Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Samarqandga tashrif buyurdi

Samarqandda Temuriylar davlati haqida ma’lumot olgan Binali Yildirim O'zbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga qarab hazil tariqasida “Bobolarimiz jang qilgan bo’lsa ham biz qardoshmiz”,-dedi.

1057025
Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim Samarqandga tashrif buyurdi

Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim O'zbekistonga rasmiy tashrifi davomida kecha Samarqandga bordi.

Yildirimni va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani aeroportda O'zbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Yildirim Samarqandga tashrifi davomida O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga tashrif buyurib, uning qabriga gul qo'ydi va hurmat bajo keltirdi. Bundan tashqari, Binali Yildirim rafiqasi Samiha Yildirim bilan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga bordi.

Yildirim Imom al-Buxoriy masjidida namozni ado etib, masjid hovlisida mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.

Yildirim boshchiligidagi turk delegatsiyasi Imom Moturidiy va Amir Temur qabri joylashgan Go'r-Amir maqbaralariga tashrif buyurdi. U yerda Temuriylar davlatining haritasi oldida Temuriylar davlati haqida ma’lumot olgan Binali Yildirim O'zbekiston Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga qarab hazil tariqasida “Bobolarimiz jang qilgan bo’lsa ham biz qardoshmiz”,-dedi.

Yildirim, shuningdek, Registon maydoni, Ulug'bek va Tilla-Qori madrasalariga borib, u yerda turk vatandoshlari bilan uchrashdi.  

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Yildirim sharafiga qabul tashkillashtirdi. Yildirim bugun 26 sentabr kuni Buxoro shahriga sayohat qiladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Binali Yildirim , #O'zbekiston , #Buxoro , #Turkiya

Aloqador xabarlar