Ibrahim Kalin: “Aytmatov turk madaniyati, adabiyoti va tarixida muhim o’ringa ega”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti markazidagi Dag Hammarskjold kutubxonasida Qirg’iziston, Turkiya va Rossiya tomonidan taniqli qirg’iz yozuvchisi Ching’iz Aytmatov asarlari o’rin olgan “Ching’iz Aytmatov” ko’rgazmasi ochildi.

1056623
Ibrahim Kalin: “Aytmatov turk madaniyati, adabiyoti va tarixida muhim o’ringa ega”.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin Birlashgan Millatlar Tashkilotida “Ching’iz Aytmatov” ko’rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti markazidagi Dag Hammarskjold kutubxonasida Qirg’iziston, Turkiya va Rossiya tomonidan taniqli qirg’iz yozuvchisi Ching’iz Aytmatov asarlari o’rin olgan “Ching’iz Aytmatov” ko’rgazmasi ochildi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimida, BMTning navbatdagi sessiyasida ishtirok etish maqsadida hozirda rasmiy tashrif bilan Nyu-Yorkda bo’lgan Ibrahim Kalin ham ishtirok etdi.

Ching’iz Aytmatovning turk madaniyati, adabiyoti va tarixida muhim o’ringa ekanligiga e’tibor qaratgan Ibrahim Kalin, asarlarining Markaziy Osiyo urf-odatini aks ettirganligini va bu urf-odatlarning Qirg’izistondan tashqari dunyoning boshqa yana-da keng hududi bilan bo’lishilganligini ifoda etdi.

Ibrahim Kalin asarlari 170dan ortiq tilga tarjima qilingan Aytmatovning faqatgina taniqli yozuvchi emas ayni vaqtda muvaffaqiyatli diplomat ham bo’lganligini va roppa-rosa 20 yil o’z yurtiga katta xizmat qilganligini qayd etdi.

Ibrahim Kalin mazkur ochilish marosimi ortidan Qirg’iziston Davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov bilan birgalikda ko’rgazma bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Ko’rgazmada Aytmatovning “Qizil durracha” deb nomlangan asari asosida yaratilgan “Qizil durrachali sarviqomatim” filminin afishalari va Ching’iz Aytmatovning Turkiyaning to’qqizinchi Prezidenti Sulaymon Demirel bilan tushgan fotosurati ham o’rin oldi.



Aloqador xabarlar