TBMM raisi Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda

Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan kecha O’zbekiston poytaxti Toshkentga jo’nab ketgan edi.

1055609
TBMM raisi Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda.

Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan kecha O’zbekiston poytaxti Toshkentga jo’nab ketgan edi.

Binali Yildirim O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nuridinjon Ismoilov tomonidan shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda nutq so’zlar ekan unda qardoshlikka, birodarlikka e’tibor qaratib,

“Turk va o’zbek xalqi bitta jug'rofiyada umr surmasalar da samimiy birodarlik tuyg’ularini qadimdan beri qalbining tubida saqlab kelmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganida uni birinchilardan bo’lib Turkiya tan oldi” degan ifodalarga o’rin berdi.    

Munosabatlarining yana-da mustahkamlanishida ikkala mamlakat deputatlarining rolining alohida o’ringa ega ekanligini eslatgan Binali Yildirim,

“Buni Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’rtaga qo’yilgan siyosiy iroda orqali amalga oshirilajagiga ishonchim komil”  dedi.

Senat raisi Nigmatulla Yo’ldoshev bilan ham uchrashuv o’tkazgan Yildirim, oxirgi vaqtlarda ikki mamlakat munosabatlarining taraqqiy topayotganligini ifoda etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar