O’zbekistonda yo’lovchi avtobusi halokatga uchradi
Avtohalokat oqibatida 5 kishi hayotdan ko’z yumdi, 21 kishi yaralandi.
O’zbekistonda yo’lovchi avtobusi halokatga uchradi.
Avtohalokat oqibatida 5 kishi hayotdan ko’z yumdi, 21 kishi yaralandi.
Bu voqea kecha 18 sentyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o'tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo'lida ro’y bergan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu haqda ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko’ra, Buxoro shahridagi benzin shoxobchasida yoqilg’i to’ldirgan avtobus harakatlangandan bir muddat o’tgach portlab ketgan.
Avtobusda jami 26 kishi bo'lgan.
Voqeada yaralangan 21 yo’lovchi shifoxonaga yotkizilgan. Bulardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.
Voqea sabablari tekshirilmoqda.
Aloqador xabarlar
TIKA Qirg’iziston poytaxti Bishkekda 2500 kishiga iftor berdi
Markaziy Imom Serahsiy masjidi hovlisida erkaklar va ayollar uchun alohida dasturxon yozildi.