“Mir Arab” madrasasi nufuzli Turk universitetlari bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

O’zbekistonning Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasi bilan Turkiyaning nufuzli to’rtta universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

986017
“Mir Arab” madrasasi nufuzli Turk universitetlari bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

O’zbekistonning Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasi bilan Turkiyaning nufuzli to’rtta universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O’zbekiston musulmonlari diniy idorasining taklifiga binoan O’zbekistonga borgan ba’zi Turk universitetlarining rektorlari, rektor o’rinbosarlari va ilohiyotshunoslardan tashkil topgan hay’at tarixiy Buxoro shahrida bo’lib qaytdi.

O’zbekiston musulmonlari diniy idorasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Turkiyaning Ibn Haldun, Kastamo’nu, Marmara, Istanbul, Rajap Tayyip Erdog’an va Dijle universitetlari rektor, rektor o’rinbosarlari, dekan va o’qituvchilardan tashkil topgan hay’at o’zbekistonlik hay’at bilan uchrashuv o’tkazib, tomonlar o’rtasida ilmiy hamkorlik masalalarini qo’lga olgan.

Mazkur uchrashuv ortidan Boxorodagi “Mir Arab” madrasasi bilan Turkiyaning Ibn Haldun, Istanbul Sabahattin Zaim, Kastamo’nu va Istanbul universitetlari o’rtasida ilmiy hamkorlik memorandum imzolangan.

Bu memorandumda ikki tomon o’rtasida talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqot loyihalarini yo’lga qo’yish, o’qituvchilarni tayyorlash, axborot va ilmiy materiallarni almashish, konferentsiyalarni tashkil etish va boshqa tadbirlar sohasida ishbilarmonlik ittifoqi nazarda tutilgan.

Turk hay’ati O’zbekistonga bo’lgan tashrifi yakunida Samarqandga ham borib, u yerda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan.



Aloqador xabarlar