Qarsda Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashqlari o’tkazildi
Turkiyaning Qars viloyatida Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashqlari o’tkazildi.
984608

Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashqlari 29-31 may kunlari Turkiyaning Qars viloyatida o’tkazildi.
Turk Qurolli kuchlari tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra mazkur qo’shma harbiy mashq uchun Ozarbayjon Mudofaa vazirligi mexanizatsiyalashgan piyodalar brigadasini yuborgan.
Bayonotda shuningdek mashqlarning maqsadi ikki mamlakat quruqlik kuchlari o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik va muvofiqlashtirish bilan birgalikda tajriba almashish ekanligi ifoda etildi.