Qirg’izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isaqovga korrupsiya bo'yicha ayblov qo'yildi

Sapar Isaqov Bishkek IEMni modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirishda o'zining siyosiy mavqeidan foydalanib, xorijiy kompaniya manfaatlarini qo'llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

982002
Qirg’izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isaqovga korrupsiya bo'yicha ayblov qo'yildi

Qirg’izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isaqovga korrupsiya bo'yicha ayblov qo'yildi.  

Qirg'iziston milliy xavfsizligi davlat qo'mitasi 8 oy mobaynida bosh vazirlik lavozimini egallagan va aprel oyida parlament tomonidan vazifasidan chetlatilgan 40 yoshdagi Sapar Isaqovga korrupsiya bo'yicha ayblov qo'ydi.  

Isaqov 2013 yilda sobiq prezident Almazbek Atabayev hukumati davrida tashqi aloqalardan mas’ul apparati rahbari o'rinbosari lavozimini egallagan vaqtda, Bishkek IEMni modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirishda o'zining siyosiy mavqeidan foydalanib, bir guruh shaxslar bilan birgalikda pudratchini tanlashda xorijiy kompaniya manfaatlarini qo'llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga o'ta katta qiymatda ziyon yetkazilgan.

Sobiq bosh vazirga nisbatan mamlakatdan tashqariga chiqmaslik bo’yicha ehtiyot chorasi qo'llangan. 

Eslatma: Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kecha Qirg'iziston milliy xavfsizligi davlat qo'mitasi rahbari Idris Kadirkulovdan korrupsiyaga qarshi qattiq kurash olib borishini talab qilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar