Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

G'arb matbuotida tarixiy uchrashuv deb e’tirof etilayotgan mazkur voqea 16 yilda ilk marta yuz bermoqda.

973067
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

G'arb matbuotida tarixiy uchrashuv deb e’tirof etilayotgan mazkur voqea 16 yilda ilk marta yuz bermoqda.

Diplomatik munosabatlar tarixida ilk marta AQSh rasmiy vakili, sobiq Davlat kotibi Jyeymes Beyker 1992 yil 16 fevral kuni Samarqandga tashrif buyurgandi.

Shundan so'ng, 2000 yilda Davlat kotibi lavozimida ishlagan Madelen Olbrayt xonim, 2001 yilda Davlat kotibi Kollin Pauel, oradan 9 yil o'tib ushbu lavozimda ishlagan Hillari Klinton O'zbekistonga tashrif buyurdi. Klinton xonim bir yil ichida yana O'zbekistonga rasman tashrif buyurgan. 

2015 yili esa AQSh Davlat kotibi lavozimida ishlagan Jon Kerri Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama etish uchun O'zbekistonga tashrif buyuradi. 

O'zbekiston Respublikasi sobiq prezidenti Islom Karimov 2002 yil mart oyida Vashingtondagi Oq uyda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush bilan uchrashgandi. 

Shundan buyon, davlat rahbarlari rasmiy tashrifni amalga oshirmadi. Ayni chog'da AQSh prezidenti Donald Tramp taklifi bilan Shavkat Mirziyoyev Oq uyga tashrif buyurdi.

 



Aloqador xabarlar