Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Buxoroda...

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anni kutib oldi.

961758
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Buxoroda...

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 1 may kuni Buxoroga keldi.

Davlat rahbari Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anni kutib oldi.

Turkiya vaqti bilan soat 09:30da Buxoroga tashrif buyurgan prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’an tantanali ravishda kutib olindi.

O’zbek milliy liboslarni kiygan qizlar prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’anga gullar taqdim etdilar.

Shuningdek, Buxoro xalqaro aeroportidagi kutib olish marosimida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turmush o’rtog’i Ziroat Mirziyoyeva bilan Buxoro viloyati hokimi O’ktam Barnoyev ham ishtirok etdi.

Prezidentlar birgalikda Buxorodagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladilar, diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishadilar.

Prezident Erdo’g’an tarixiy Buxoro shahriga sayohatini yakunlab, Janubiy Koyeraga jo’nab ketadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar