Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning O'zbekistonga tashrifi yakunlandi

Rajab Tayyip Erdo'g'anni Buxoro xalqaro aeroportida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zi kuzatib qo'ydi.

961966
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning O'zbekistonga tashrifi yakunlandi

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning O'zbekistonga davlat tashrifi samarali va mazmunli bo'ldi.
 
Davlat rahbarlarining Ko'ksaroyda bo'lib o'tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolandi.

Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi. Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qo'shimcha mazmun baxsh etdi.

Shuning bilan Turkiya prezidentining O’zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.
 
Rajab Tayyip Erdo'g'anni Buxoro xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo'ydi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Seulga jo’nab ketdi.

U ertaga, 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashadi.

 



Aloqador xabarlar