Buxoro sayohati Turkiya prezidentida katta taassurot qoldirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an ko’hna Buxoro shahrida qad rostlagan Ark qo'rg'oniga tashrif buyurdi.

961977
Buxoro sayohati Turkiya prezidentida katta taassurot qoldirdi

Buxoro sayohati Turkiya prezidentida katta taassurot qoldirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an ko’hna Buxoro shahrida qad rostlagan Ark qo'rg'oniga tashrif buyurdi.

Ushbu qadimiy qal’a o’zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi. 

Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat o'lkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni ko'zdan kechirdi.

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig'ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg'unlashib, go'zal ansambl hosil qilgan.

Ularning me’moriy yechimi ajdodlar madaniyati va san’atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o'rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi.

Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome`-masjidlaridan biri bo'lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo'zlik, zargarlik, gilamdo'zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko'rgazmasi bilan tanishdi.

Sayilgoh ko'chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an’analarini aks ettirdi.

Folklor jamoalarning chiqishlari mehmonlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, o’zbek xalqining milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi.

 



Aloqador xabarlar