Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan ertaga O’zbekistonda bo’ladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ladi.

960329
Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan ertaga O’zbekistonda bo’ladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2018-yilning 29-aprelidan boshlab 1-mayigacha davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ladi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha mazkur tashrif chog’ida Turkiya bilan O’zbekiston munosabatining yana-da mustahkamlanishi uchun amalga oshiriladigan faoliyatlar va mintaqaviy vaziyatlar qo’lga olinadi.

Prezident Erdog’an shuningdek, tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisida so’zga chiqadi. Ortidan Prezidentlar turk va o’zbek ishbilarmonlari ishtirokidagi biznes forumida ishtirok etadi.

Tashrif dasturida Turkiya delegatsiyasining 1-may kuni turk va islom madaniyatining qadimiy shaxarlaridan biri hisoblangan, olimlar va mutafakkirlar diyori Buxoro shahrida bo’lishi ham o’rin olgan.

 



Aloqador xabarlar