Soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlari Turkiyada malaka oshirdi

O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda Turkiya Xalqaro hamkorlik agentligi bilan erishilgan texnik hamkorlik kelishuvi doirasida Davlat soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlarining Anqara shahriga ishchi tashrifi amalga oshirildi.

959378
Soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlari Turkiyada malaka oshirdi

Soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlari Turkiyada malaka oshirdi

O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda Turkiya Xalqaro hamkorlik agentligi bilan erishilgan texnik hamkorlik kelishuvi doirasida Davlat soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlarining Anqara shahriga ishchi tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Turkiyaning soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va kelgusida O‘zbekistonda qo‘llash amaliyotini ko‘rib chiqish.

Uchrashuvlar Turkiyaning daromadlar bo‘yicha boshqarmasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilib, soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq taqdimotlar namoyish qilinmoqda. Shu bilan birga, turkiyalik hamkorlar O‘zbekiston soliq ma’murchiligi tajribasi bilan tanishtirilib, bu borada qizg‘in muhokamalar olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Soliq , #Xodim

Aloqador xabarlar