Rossiyaning O’zbekistonga kiritgan jami investitsiya hajmi 8.5 mlrd dollar...

O’zbekiston MDHga a’zo davlatlar o’rtasida Rosiyaning eng yirik 4-hamkori bo’lib hisoblanadi va oxirgi damlarda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi katta miqdorda ortish ko’rsatdi.

959391
Rossiyaning O’zbekistonga kiritgan jami investitsiya hajmi 8.5 mlrd dollar...

Rossiyaning bugungacha O’zbekistonga kiritgan jami investitsiya hajmi 8.5 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiyaning savdo bo’yicha O’zbekistondagi vakili o’rinbosari Leonid Pokrovskiy O’zbekiston poytaxti Toshkentda bo'lib o'tayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko'rgazmasida bu haqda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, O’zbekiston MDHga a’zo davlatlar o’rtasida Rosiyaning eng yirik 4-hamkori bo’lib hisoblanadi va oxirgi damlarda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi katta miqdorda ortish ko’rsatdi.

Yanvar va fevral oylarida Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi tashqi savdo hajmi 50.2% oshgan holda, 600 mln dollarni tashkil qildi.

Ushbu davr mobaynida Rossiyaning O’zbekistonga amalga oshirgan eksport hajmi 59.7% oshganligini ma’lum qilgan Leonid Pokrovskiy, mamlakatdagi valyuta, soliq va bojxona tizimidagi liberalizatsiya hamda ish muhitining yaxshilanishi ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo hajmining ortishiga sabab bo’lganligini bildirdi.

Rossiya savdo palatasi ma’lumotlariga ko’ra, ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo hajmi o’tgan yili 33.9% oshgan holda 3.6 mlrd dollarga yetdi.

Rossiya O’zbekistonning savdo va investitsion hamkorlari o’rtasida birinchi o’rinda turadi.

Rossiyaga oid Gazprom va Lukoil neft kompaniyalari O’zbekistonda ulkan investitsiyaga ega.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #O'zbekiston , #MDH , #investitsiya

Aloqador xabarlar