Aziz Sanjar Qozog’iston ortidan Qirg’izistonda talabalar bilan uchrashdi

Kimyo yo’nalishi bo’yicha Nobel mukofati sovrindori, Turk biokimyochisi, Turk dunyosining olimi Aziz Sanjar tarixda buyuk madaniyatlar yaratgan Turk dunyosining bugungi kundagi vaziyatni tergashi, surishtirishi, ko’rib chiqishi kerakligini ta’kidladi.

956060
Aziz Sanjar Qozog’iston ortidan Qirg’izistonda talabalar bilan uchrashdi

Kimyo yo’nalishi bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori Aziz Sanjar Turkiyaning energiya sohasida boshqalarga qaram bo’lmasligining alohida o’ringa ega ekanligini qayd etdi.

Atom energiyasi borasida haqiqatlar bilan yuzlashishi kerakligini belgilab o’tgan Sanjar,

“Energiya muammosini mutlaqo hal qilishga majburmiz” dedi.

Aziz Sanjar Qirg’iziston poytaxti Bishkekda o’rin olgan “Manas” nomidagi universitetda, talabalar bilan uchrashdi.

Sanjar, tarixda buyuk madaniyatlar yaratgan Turk dunyosining, bugungi kundagi vaziyatni tergashi, surishtirishi, ko’rib chiqishi kerakligini ta’kidlagan holda,

“Asosiy fanlar ustidan ish olib borgan bolalarimizni qo’llab-quvvatlashga majburmiz” dedi.

Aziz Sanjarga “Manas” universitetida faxriy doktor unvoni taqdim etildi.

Marosimda nutq so’zlagan Manas universitetining rektori Sabahattin Balji, ota yurtlaridan ko’chib ketgan turklarning, buyuk madaniyatlar yaratganligini qayd etdi.

“Bugungi kunda ham huddi shunday muvaffaqiyatga faqatgina mexnat qilish orqaligina erishishimiz mumkin” dedi.

Aytib o’tish joizki Kimyo yo’nalishi bo’yicha 2015-yilgi Nobel mukofati sovrindori, Turk biokimyochisi, Turk dunyosining olimi Aziz Sanjar 16-apreldan 19-aprelgacha Qozog’istonda edi. Aziz Sanjar Qozog’istonga bo’lgan tashrifi doirasida Turkistonga borar ekan u yerda Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va Xo’ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-qozoq universitetida bo’ldi. Universitetda talaba va akademiklar bilan uchrashdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar