Anqarada mashhur qirg’iz yozuvchisi Ching'iz Aytmatov yodga olindi

Poytaxt Anqarada butun dunyoga mashhur qirg’iz yozuvchisi Ching'iz Aytmatovni yodga olish dasturi uyushtirildi

955929
Anqarada mashhur qirg’iz yozuvchisi Ching'iz Aytmatov yodga olindi

Poytaxt Anqarada butun dunyoga mashhur qirg’iz yozuvchisi Ching'iz Aytmatovni yodga olish dasturi uyushtirildi.

Mazkur dastur kecha, tavalludining 90-yilligi munosabati bilan Aytmatovga bag’ishlab Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti tomonidan “2018-yil Ching’iz Aytmatov yili” e’lon etilishi doirasida uyushtirildi.

Dasturda Turkiyadagi Maltepe nomidagi universitetning Ta’lim fakulteti dekani professor doktor Ramazan Ko’rkmaz tomonidan yetakchilik qilingan “Aytmatov” paneliga Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi Anar Rizayev, Qozog’iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug’bek Esdauletov va Qirg’iziston Fanlar akademiyasining akademiği professor doktor Abdildajan Akmataliyev ishtirok etib, ular Aytmatov va asarlari haqidagi fikrlarini bayon ettilar.

Shuningdek dasturda Qirg’iz milliy drama teatri spektakllaridan lavhalar taqdim etildi.

 



Aloqador xabarlar