Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumatning iste’fosi to'g'risidagi farmonni imzoladi

Farmonga ko'ra, bosh vazir va bosh vazir o'rinbosarlari lavozimini egallab turgan shaxslar, hukumat a’zolari yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgunga qadar iste’foga chiqadi.

954973
Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumatning iste’fosi to'g'risidagi farmonni imzoladi

Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste’fosi to'g'risidagi farmonni imzoladi. Qaror bugun qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, bosh vazir va bosh vazir o'rinbosarlari lavozimini egallab turgan shaxslar, hukumat a’zolari yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgunga qadar iste’foga chiqadi. Prezident farmoni darhol kuchga kirdi.

Avvalroq, Qirg'iziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isoqov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirgan edi. Parlament yig'ilishi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga ishonchsizlik bildirgan, faqat 5 kishi joriy hukumatni yoqlagan.

Hukumatga ishonchsizlikni ifoda etish tashabbusi qirg'iz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati tomonidan ilgari surilgan.

Bu esa ushbu mavzuni parlamentda muhokamaga qo'yish uchun yetarli bo'ldi. Payshanba kuni parlamentning Konstitutsion qonunchilik qo'mitasi deputatlarning ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatladi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Sapar Isakov , #hukumat , #iste'fo , #farmon

Aloqador xabarlar