Turkiya va O’zbekiston munosabati mustahkamlanib bormoqda

Turkiya va O’zbekiston o’rtasida o’rnatilgan diplomatik munosabatlar mustahkamlanib bormoqda.

947649
Turkiya va O’zbekiston munosabati mustahkamlanib bormoqda

Turkiya va O’zbekiston o’rtasida o’rnatilgan diplomatik munosabatlar mustahkamlanib bormoqda.  

Shu doirada Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Hakan Chavusho’g’li O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari Suhrob Holmurodov bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda ikkala mamlakat o’rtasida rivojlangan munosabatga e’tibor qaratgan Hakan Chavusho’g’li Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi tomonidan O’zbekistonda yo’lga qo’yilgan loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tdi.

Bundan buyon TIKA sifatida O’zbekistondan kelgan talablarga binoan yangi loyihalarni yo’lga qo’yishni rejalashtirayotganliklarini ifoda etgan Chavusho’g’li shuningdek, Turkiyada ko’plab o’zbek talabalar borligini eslatgan holda, magistratura mutahassisligida o’qishni xohlagan o’zbek davlat muassasalari xodimlarini stipendiya bilan ta’minlab, ular uchun o’qish imkoni yaratib berishga ham tayyor ekanliklarini qayd etdi.

O’zbekistonning Turkiya bilan bo’lgan munosabatiga alohida e’tibor berganliklarini ta’kidlagan Bosh vazir o’rinbosari Holmurodov,

“Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning shu oyning oxiridagi O’zbekistonga bo’lgan navbatdagi tashrifi orqali ikkala mamlakat munosabati tarixiy voqeaga aylanadi” dedi.

 



Aloqador xabarlar