O'zbekiston va Qirg'iziston bosh vazirlari chegaradagi mo'jaroni muhokama qildi

Tomonlar 7 aprel kuni Qirg’iziston-O’zbekiston chegarasida Qirg'iziston fuqarosi o'zbek chegarachilari tomonidan otib o'ldirilishi voqeasini muhokama qilishgan.

947119
O'zbekiston va Qirg'iziston bosh vazirlari chegaradagi mo'jaroni muhokama qildi

O'zbekiston va Qirg'iziston bosh vazirlari Abdulla Oripov hamda Sapar Isakov telefon orqali muloqot o'tkazdi.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko’ra, ular 7 aprel kuni Qirg’iziston-O’zbekiston chegarasida Qirg'iziston fuqarosi o'zbek chegarachilari tomonidan otib o'ldirilishi voqeasini muhokama qilishgan.

Abdulla Oripov va Sapar Isakov 9 aprel kuni ikki davlat chegara xizmati rahbariyati, shuningdek, boshqa tegishli muassasalar ishtirokida uchrashuv o'tkazishga kelishib olgan.

Yaqin vaqtlar ichida ishchi guruh tomonidan hodisa batafsil o'rganiladi va natijalar bo'yicha rahbariyatga hisobot beriladi.

Eslatma: 7 aprel kuni Qirg'iziston Davlat chegara xizmati O'zbekiston harbiy xizmatchilari Qirg'iziston hududida turgan shaxsga qarata o'q uzgani haqida xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko’ra, Qirg'izistonning Jalolobod viloyati Kerbent shahri yaqinida yuz bergan hodisa oqibatida 1984 yilda tug'ilgan Qirg'iziston fuqarosi shifoxonada vafot etgan.

Shu kuni Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi chegaradagi hodisa yuzasidan O'zbekistonga nota yo'lladi.

 

 



Aloqador xabarlar