O'zbekistonga Yaponiyadan sayyohlar keldi

6 aprel juma kuni Yaponiyadan O'zbekistonga ilk charter reys (Tokio-Samarqand-Toshkent) amalga oshirildi.

946874
O'zbekistonga Yaponiyadan sayyohlar keldi

Yaponiyadan O'zbekistonga 15 charter reysni yo'lga qo'yishga doir kelishuvga erishildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevining "O'zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni (2018 yilning 3 fevralidagi 5326-sonli farmon) ijrosi doirasida O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi va "O'zbekiston havo yo'llari" MAKning Tokiodagi vakolatxonasi Yaponiyaning yirik turistik kompaniyalari bilan hamkorlikda, Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi qo'llab-quvvatlovi ostida mazkur charter reyslarga start berildi.

Yaponiyaning Tokio, Nagoya, Osaka va Fukuoka shaharlaridan O'zbekistonga charter reyslar 2018 yilning aprel oyidan shu yilning oktyabr oyigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

6 aprel juma kuni Yaponiyadan O'zbekistonga ilk charter reys (Tokio-Samarqand-Toshkent) amalga oshirildi.

Ma’lum bo'lishicha, yaponiyalik sayyohlar uchun "Registon" maydonida O'zbekistonning taniqli madaniyat va san`at arboblari ishtirokida milliy qo'shiqlar va raqslardan iborat konsert dasturi, o'zbek milliy liboslari namoyishi, 3D-mapping shousi tashkil etiladi.

Mehmonlar tashrif davomida O'zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch va Toshkentshaharlarini tomosha qiladi.



Aloqador xabarlar