Daniyar Sidiqov: “Turkiya Qirg’iziston uchun yaxshi do’st va ishonchli sherikdir”.

Qirg’isiton Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9-10-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’ladi.

946114
Daniyar Sidiqov: “Turkiya Qirg’iziston uchun yaxshi do’st va ishonchli sherikdir”.

Qirg’isiton Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9-10-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’ladi.

Prezident devonining tashqi siyosat bo’limi boshlig’i Daniyar Sidiqov, uyushtirilgan matbuot anjumanida Jeenbekovning Turkiyaga bo’lgan amaliy tashrifi chog’ida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazajagini qayd etdi.  

“Turkiya Qirg’iziston uchun yaxshi do’st va ishonchli sherikdir” degan Sidiqov Jeenbekovning Prezident sifatida Turkiyaga birinchi marotaba kelayotganligini eslatib ortidan, buning ikkala mamlakat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yana-da mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shajagini ta’kidladi.

Sidiqov, Jeenbekovning Prezident Erdog’andan tashqari Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman va Bosh vazir Binali Yildirim bilan ham uchrashishini ma’lum qildi.  

Uchrashuvda Qirg’iziston-Turkiya hamkorligi masalalari haqida fikr almashilajagini ham o’z so’ziga ilova etgan Sidiqov tashrifning, ikki mamlakatning savdo va iqtisodiy hamkorligining kengayishi va terang tus olishiga ham yo’l ochajagini qayd etdi. Shu doirada Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi (Turk kengashi), Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) va Turk tilida so’zlashuvchi Parlamentlar assambleyasi (TURKPA) kabi mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida jadal ravishda rivojlantirish ko’zda tutilganligi ta’kidlandi.   

Sidiqov, Qirg’iziston-Turkiya hukumatlari o’rtasida o’zaro investitsiyalarni himoya qilish, qishloq xo’jaligi, madaniyat, sport va ijtimoiy xavfsizlik tarmog’idagi shartnomalarga qo’l qo’yilishining rejalashtirilganligini ham ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar