Toshkentda ShHTning mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi

Yig'ilishda O'zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston vakillari ishtirok etishdi.

945234
Toshkentda ShHTning mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi

Bugun 5 aprel payshanba kuni Toshkentda ShHTning mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi (ShHT MAT) kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi.

Unda Shanxay hamkorligi tashkiloti davlatlariga Afg'oniston hududidan xalqaro terrorchilik guruhlari jangarilari tomonidan bildirilayotgan terrorchilik tahdidlariga qarshi kurash bo'yicha birgalikdagi choralar va ShHT davlatlari mutasaddi idoralarining terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi amaliy hamkorligi muhokama qilindi.  

Yig'ilishda O'zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston vakillari ishtirok etishdi.

Hindiston va Pokiston ShHTning a’zolari sifatida ShHTning mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi (ShHT MAT) kengashi yig'ilishida ilk bor ishtirok etdi.

ShHT tarkibiga O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi.

ShHTning 2004 yilda tashkil etilgan mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi Toshkentda joylashgan.    



Aloqador xabarlar