Bugun Turkmanistonda Majlis deputatlari saylovi bo’lib o’tmoqda

Turkmanistonda bugun o'tkazilayotgan saylov YXHT va MDH kabi xalqaro tashkilot vakillari tomonidan ham kuzatib boriladi.

937031
Bugun Turkmanistonda Majlis deputatlari saylovi bo’lib o’tmoqda

Bugun Turkmanistonda Majlis deputatlari saylovi bo’lib o’tmoqda.

Turkmaniston Saylov komissiyasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra saylovda ovoz berish jarayoni bugun mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da boshlab, 19:00 da o’z nihoyasiga yetadi.

Mazkur jarayonda roppa-rosa 125 deputatlik o’rni uchun 284 nomzod kurash olib boradi.

Chet elda yashagan Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarida ovoz berishlari mumkin.

Saylov Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi kabi xalqaro tashkilot vakillari tomonidan ham kuzatib boriladi.



Aloqador xabarlar