Alisher Navoiy poytaxt Anqarada yodga olindi

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tomonidan uyushtirilgan, “Turk Dunyosining yuksak ma’naviyatining buyuk siymolari” konferentsiyasining navbatdagi sonida o’zbek shoir Alisher Navoiy yodga olindi.

928985
Alisher Navoiy poytaxt Anqarada yodga olindi

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tomonidan uyushtirilgan, “Turk Dunyosining yuksak ma’naviyatining buyuk siymolari” konferentsiyasining navbatdagi sonida o’zbek shoir Alisher Navoiy yodga olindi.    

TURKSOY Bosh kotibi professor Dusen Kaseinov mezbonligida uyushtirilgan tadbirda  O’zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamkhodjayev shuningdek deputatlar, akademiklar, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, ommaviy axborot vositasi vakillari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida nutq so’zlagan tashkilotning bosh kotibi Dusen Kaseinov, TURKSOYning Turk dunyosining buyuk siymolariga bergan ahamiyati va ularga bag’ishlab uyushtirgan tadbirlarga to’xtalgan holda, “TURKSOY tashkil topgan birinchi kunidan beri turk madaniyatiga xizmat qilgan, o'z avlodlariga buyuk me'ros qoldirgan eng yorqin siymolarini yodga olish va ularni kelajak avlod bilan tanishtirish faoliyatlariga alohida e’tibor berib kelmoqda. Shu doirada xar yili buyuk siymolarimizni yodga olish yili e’lon qilib, ular va asarlari haqida panellar, konsertlar va festivallar o’tkazmoqdamiz. Undan tashqari Turk dunyosining buyuk siymolariga, o’rnak bo'larli yashash sharoitlari, bizga qoldirgan dono va o’limsiz asarlarini o'qish, o'rganish orqali hayot berib kelamiz. Bugungi faoliyatimiz ham G’azal mulkining sultoni degan nom bilan taniqli bo’lgan o’zbek shoir Alisher Navoiyga atalgan bo’lib bu orqali Alisher Navoiyning Turk Dunyosidagi o’rni va Turk she’r san’atiga qo'shgan ulkan hissasiga e’tibor qaratish niyatidamiz. Shu fursatdan foydalanib yirik mutafakkur va O’zbekiston ulg’aytirgan Turk Dunyosining shoiri Alisher Navoiyni hurmat va minnatdorchilik bilan yodga olaman” deya gapirdi.

Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamkhodjayev o’zbek xalqining vakili, Turk Dunyosining mushtarak qadriyati, shoir, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyni TURKSOY tomonidan uyushtirilgan tadbir doirasida yodga olishdan xursand bo’lganligini eslatib, buning uchun TURKSOYga minnatdorchilik bildirdi. Navoiyning she’r san’atidagi ustaligi, adabiyotdagi muvaffaqiyati va davlatiga bergan xizmatining o’zidan keyingi avlodlar uchun o’rnak tashkil etganligini va bir necha xususiyati bilan Turk Dunyosining buyuk siymosiga aylanganligini qayd etgan Agzamkhodjayev, Navoiyning ayniqsa Turk tili ustidan olib borgan muhim faoliyatlarining avloddan avlodga me’ros qolib, qalamga olgan g’azallarining bugungi kunda ham butun dunyoda katta qiziqish bilan mutolaa qilinayotganligini ta'kidladi.  

Ochilish marosimidagi nutqlar ortidan tadbirga Turk dunyosining turli davlatlaridan tashrif buyurgan akademiklar ma’ruza qildilar.

Ma’ruzachilar Alisher Navoiyning hayoti, asarlari, asarlari ichidan eng ko'p she’rlari haqida ma’lumot berib, shoirning faqatgina O’zbekistonning emas ayni vaqtda Turk Dunyosining ham mushtarak qadriyati ekanligini ta’kidladilar.

Mazkur faoliyat doirasida o’zbekistonlik talabalar tomonidan Alisher Navoiyning she’rlari o’qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar