Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi savdo hajmida ortish kuzatildi

Qirg’iziston Iqtisodiyot vaziri Artem Novikov Turkiyaning Bishkek elchisi Jengiz Kamil Firat bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan bayonot berdi.

924094
Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi savdo hajmida ortish kuzatildi

Qirg’iziston Iqtisodiyot vaziri Artem Novikov Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi savdo hajmining o’tgan yili 26.7 foizga ortib, 356 million AQSh dollariga yetganligini qayd etdi.

Artem Novikov Turkiyaning Bishkek elchisi Jengiz Kamil Firat bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan bergan bayonotida, ikki mamlakat o’rtasidagi savdo, investitsiya va tadbirkorlik sohalaridagi hamkorlikning rivojlantirilishiga alohida e’tibor berganliklarini belgilab o’tdi.

Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi savdo hajmida muhim ortish kuzatilganligini ham o’z bayonotiga ilova etgan Qirg’iziston Iqtisodiyot vaziri, savdo hajmidagi ortishning ahamiyatini ta’kidlab, turk investorlarini nazarda tutgan holda “Qirg’izistonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritishingiz uhcun kerakli uchrashuvlarni o’tkazishga va yordam berishga tayyorman” dedi.

Uchrashuvda shuningdek qishloq-xo’jaligi, chorvachilik, go'shtni qayta ishlash, biznes-korxonasi va turizm tarmog’iga kinvestitsiya kiritish salohiyati bilan birga Qirg’izistonning Bishkek-Osh shaharlarida joylashgan aeroportlarga investitsiya kiritish masalalari ham qo’lga olindi.  



Aloqador xabarlar