Turkiya, Xo’jali qatliomi va Ozarbayjon tuproqlarining bosib olinishini keskin qoraladi

Turkiya, Xo’jali qatliomi va Ozarbayjon tuproqlarining necha yillardan beri bosib olinishini keskin qoraladi.

918687
Turkiya, Xo’jali qatliomi va Ozarbayjon tuproqlarining bosib olinishini keskin qoraladi

Turkiya, Xo’jali qatliomi va Ozarbayjon tuproqlarining necha yillardan beri bosib olinishini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan, Xo’jali qatliomining 26-yili munosabati bilan yozma ravishda berilgan bayonotda, Armaniston Respublikasi armiyasi tomonidan 1992-yilning 26-fevrali kuni, Ozarbayjonning Yuqori Qorabog’ mintaqasining Xo’jali shahriga qarshi uyushtirilgan hujumda, ayollar va bolalar doxil yuzlab Ozarbayjon fuqarosining qatl qilinganligi va tan jarohati olganligi, mingdan ortiq kishining esa tutqunga olinganligi eslatildi.  

Bedarak yo’qolganlarning haligacha topilmaganligi ifoda etilgan bayonotda, tinch aholiga qaratilgan va odamgarchilikka to’g’ri kelmaydigan dahshatli hujumlarning, butun dunyo hamjamiyati hotirasidan o’rin olib, vijdonlarda terang yaralarning ochilganligi ta’kidlandi.

Haligacha Ozarbayjon tuproqlarining beshdan bir bo’lagining Armaniston tomonidan bosib olinganligi, bir milliondan ortiq ozarbayjonlikning o’z yurtida muhojir sifatida yashaganligi ifoda etilgan bayonot quyidagicha yakunlandi:

“Turkiya sifatida, ozarbayjonlik birodarlarimizning bundan 26 yil muqaddam Xo’jalida duch kelgan dahshatli hujum va qatliomni har doim qalbimizning eng terangida his qilib, hamdardlik bildiramiz. Mazkur qatliom va ozarbayjon tuproqlarining uzoq yillardan beri davom etgan ishg’olini keskin qoralaymiz. Bu fojiada jon berganlarga Olloxdan rahmat tilab, barcha ozarbayjonlik birodarlarimizga eng samimiy va chuqur ta’ziyalarimizni yana bir bor izhor etamiz”.

 

 



Aloqador xabarlar