Kun tahlili 05- qism

Bu haqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

899458
Kun tahlili 05- qism

O`zbekiston Prezidenti Qirg`iziston Jogorku Keneshi spikerini qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, Qirg`iziston parlamenti nufuzli delegatsiyasining mazkur tashrifi joriy yil Toshkent va Bishkek shaharlarida bo`lib o`tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta`kidladi.

Tomonlarning amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo`lgan qat`iy siyosiy irodasi, turli darajadagi aloqalar va tashriflar faollashgani qisqa muddatlarda salmoqli natijalarga erishish va o`zaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish imkonini bergani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Qirg`iziston parlamentlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Oliy darajadagi tashriflar chog`ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar, jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi o`rtasida imzolangan Memorandumning amaliy ijrosi doirasida qo`shma tadbirlar o`tkazilayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Parlamentlararo hamkorlikning amaldagi mexanizmlari salohiyatidan foydalangan holda, muntazam va tizimli aloqalarni kengaytirish muhimligi ta`kidlandi.

Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekov Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.

jumabekov, O`zbekistonda barcha sohalar, jumladan, parlament va fuqarolik jamiyati o`rnini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarish va islohotlarning yangi bosqichini yuksak baholadi.

Jumabekov, Qirg`izistonning O`zbekiston bilan do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo`lidagi hamkorlikka tayyor ekani ta`kidladi.

           

Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg'oniston prezidenti bilan uchrashdi.

21 dekabr kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg`oniston Islom Respublikasida bo`ldi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg`oniston prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan shu yilning 4-6 dekabr kunlari Toshkent shahrida erishgan kelishuvlarini amalga oshirish doirasida O`zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazdi.

Muzokaralarda hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston delegatsiyasi “Arg” saroyida prezident Muhammad Ashraf G`ani tomonidan qabul qilindi. Afg`oniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O`zbekiston-Afg`oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Uchrashuvda, Surxon – Puli-Ҳumri elektr uzatish tarmog`i va Mozori-Sharif – Shibirg`on – Maymana – Hirot temir yo`lini birgalikda qurilishi, O`zbekiston tomoni bilan hamkorlikda boshqa yirik loyihalarni tadbiq etish Afg`oniston uchun strategik ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.

Kobul shahrida Abdulaziz Kamilovning Afg`oniston Milliy birdamlik hukumatining Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabbani, moliya vaziri Eklil Hakim, prezidentning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar bilan ham uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Shu kunning o`zida O`zbekiston delegatsiyasi a`zolari Afg`onistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan muzokaralar o`tkazdi

Shavkat Mirziyoyev TIKA prezidentini qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni mamlakatga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti Serdar Chamni qabul qildi.

Davlat rahbari Chamni O'zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlar ekan, joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib chiqqanini mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, sog`liqni saqlash, ta`lim va boshqa sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ijobiy baholandi.

Uchrashuvda TIKAning mamlakatdagi faoliyatini yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish muhimligi qayd etildi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini belgilab olish, bu borada TIKAning O`zbekistondagi faoliyatini aniq loyihalar asosida va tizimli ravishda rivojlantirish zarurligi alohida ta`kidlandi.

Bu borada “Yo'l xaritasi”ni qisqa muddatda ishlab chiqib, uni amalga oshirishga kirishish muhimligi, shu munosabat bilan, iqtisodiy, madaniy, ta`lim, sog`liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko`paytirish bo`yicha kelishib olindi.

TIKA rahbari Cham, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on hamda ushbu mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirimning ezgu tilaklarini etkazdi.

Serdar Cham davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni to`liq qo`llab-quvvatlashini, bu yo`lda bor kuch-g`ayratini safarbar etgan holda, ularni hayotga samarali tatbiq etishga Turkiya tomoni tayyor ekanini bildirdi.      

Shavkat Mirziyoyev Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni mamlakatga tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, mudofaa vaziri Chan Vantsyuanni qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollashib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlar o`rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari jadal sur`atlarda izchil rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Suxbatda joriy yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuv va imzolangan shartnomalarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko`rib chiqildi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Vantsyuan Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Zinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Chan Vantsyuan O`zbekiston Qurolli Kuchlari salohiyati va mudofaa qobiliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Xitoy tomoni bu sohada o`zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

           

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbeksiton , #yangiliklar , #Sport

Aloqador xabarlar