Qozog’istonda 2021 yildan e’tiboran fuqarolik passportlari lotin alifbosida bosiladi

“Fuqarolik passportlari, shaxsiy guvohnomalar va boshqa turli rasmiy hujjatlar davlat tili bo’lgan qozoq tilida lotin harflar bilan yozilgan shaklda beriladi”,-deyiladi bayonotda.

892270
Qozog’istonda 2021 yildan e’tiboran fuqarolik passportlari lotin alifbosida bosiladi

Qozog’istonda 2025 yilgacha lotin alifbosiga asoslangan qozoq alfabitiga o’tish dasturiga ko’ra, 2021 yildan e’tiboran fuqarolik passportlari, shaxsiy guvohnomalar va boshqa rasmiy hujjatlar lotin alifbosida tarqatilishi ko’zda tutilgan.

Bu haqda Astana hukumati bayonot berdi.

“Fuqarolik passportlari, shaxsiy guvohnomalar va boshqa turli rasmiy hujjatlar davlat tili bo’lgan qozoq tilida lotin harflar bilan yozilgan shaklda beriladi”,-deyiladi bayonotda.

Qolaversa, xorij mamlakatlar, poytaxtlar, okeanlar va dunyoning siyosiy kartalaridagi nomlar ham lotin alifbosiga asoslangan qozoq tilida yozilishi ma’lum qilindi.

Eslatma: 2012 yil dekabrida xalqqa "Qozog‘iston-2050" an’anaviy murojaatida mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev: "Biz 2025 yildan o‘z alfavitimizni lotinchaga o‘tkazishimiz zarur",-deb aytib o‘tgan edi.



Aloqador xabarlar