Kelasi yili O’zbekiston iqtisodiyotining 5.9 foizga o’sishi kutilmoqda

O’zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorovning qayd etishicha 2018-yili mamlakat iqtisodiyotnining 5.9 foizga o’sishi kutilmoqda.

874383
Kelasi yili O’zbekiston iqtisodiyotining 5.9 foizga o’sishi kutilmoqda

O’zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorovning qayd etishicha 2018-yili mamlakat iqtisodiyotnining 5.9 foizga o’sishi kutilmoqda. Shu doirada kelasi yili sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha 6.4, qishloq xo’jaligida 4, investitsiyalar hajmining 6.5, tovar va xizmatlar eksporti hajmining esa 7 foizga o’sishining rajalashtirilganligini belgilab o’tdi.

Qo'chqorov 2018-yili mamlakatdagi eksport hajmini 7.2 foizga orttirib, 14.9 milliard AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilganligini ifoda etdi.

Qo'chqorov bu yil yalpi ichki mahsulot hajmining 5,5 foizga ortishi kutilganligini qayd etgan holda, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning 5.7, chakana savdo aylanmasi hajmining 5.2 foiz o’sishi rejalashtirilganligiga e’tibor qaratdi.

Moliya vaziri bu yilgi eksport hajmining 14.4 foizga ortib, 13.9 milliard AQSh dollariga yetishi ko’zda tutilganligini ta’kidladi va tashqi sadvo ortishining 854 million AQSh dollariga yetajagini qayd etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonning YIMH o’tgan yilga nisbatan 7.8 foizga o’sgan. Sanoat va qishloq xo’jaligi 6.6. foiz ortib, yillik inflyatisya 5.7 foizni ko’rsatgan.



Aloqador xabarlar