Turkiya delegatsiyasi 18 dekabr kuni O'zbekistonga tashrif buyuradi

TİKA​ delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

870025
Turkiya delegatsiyasi 18 dekabr kuni O'zbekistonga tashrif buyuradi

Shu yilning 18 dekabr dushanba kuni Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo'yicha agentligi (TİKA​) rahbari Serdar Cham boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi Matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, TİKA​ delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga binoan O'zbekiston Respublikasi Hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va boshqa tuzilmalarda uchrashuvlar va muzokaralar o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyining ilk kunlarida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo'yicha agentligi hamda O'zbekistonning “Mikrokreditbank” rahbariyati o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik to'g'risidagi hujjat imzolangandi.

Mazkur kelishuv bo'yicha agentlik O'zbekistonda o'rta va kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ko'mak beradi.

TİKA ​1994 yildan beri O'zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.

 



Aloqador xabarlar