TBMM raisi o’rinbosari Astanadagi Xalqaro parlament anjumanida ishtirok etdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi o’rinbosari Ahmet Aydin Qozog’iston poytaxt Astanada uyushtirilgan Xalqaro parlament anjumanida ishtirok etdi.

856184
TBMM raisi o’rinbosari Astanadagi Xalqaro parlament anjumanida ishtirok etdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi o’rinbosari Ahmet Aydin Qozog’istonga bo’lgan tashrifi chog’ida qozog’istonlik rasmiylarga Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi qanotiga qarshi hamkorlik ichida faoliyat olib bormoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Ahmet Aydin poytaxt Astanada uyushtirilgan Xalqaro parlament anjumanida ishtirok etdi.

TBMM raisi o’rinbosari Qozog’istondagi “1-dekabr Tung’ich Prezident kuni”ga bag’ishlangan konferentsiyada nutq so’zlab o’z nutqida 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning turk xalqiga bo’lgan do’stlik munosabatini eslatdi. 

FETOning ayniqsa ommaviy axborot vositasi va ishbilarmonlar dunyosidagi qanotlariga qarshi kurashdagi hamkorlikga e’tibor qaratdi.

Ahmet Aydin va hamrohligidagi hay’at Qozog’iston majlisi raisi Nurlan Nigmatulin bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuvda ikkala mamlakat o’rtasidagi turli sohalardagi uchrashuvlar qo’lga olindi.

 



Aloqador xabarlar