Armaniston-Ozarbayjon chegarasida otishma ro’y berdi
Otishmada Ozarbayjon qo’shinidan bir askar halok bo’lgan, ba’zi uylarda moddiy talofat yuzaga kelgan.
780136

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida otishma ro’y berdi.
Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.
“Armaniston qo’shini chegaraning Ozarbayjon tomonidagi aholi punktlariga qarata o’q uzgan”,-deyiladi bayonotda.
Bayonotga ko’ra, otishmada Ozarbayjon qo’shinidan bir askar halok bo’lgan, ba’zi uylarda moddiy talofat yuzaga kelgan.
Ozarbayjon mudofaa vazirligi halok bo’lgan askar yaqinlariga ta’ziya bildirib, Armanistondan o’ch olinishini ma’lum qilgan.