O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi...

O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish masalasi ko'rib chiqildi.

775604
O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida  hamkorlik masalalari muhokama qilindi...

O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish masalasi ko'rib chiqildi

20 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma, kadrlar resurslari va texnologiyalar masalalari bo'yicha bosh maslahatchisi X.Qayumiy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki taraflama aloqalarni rivojlantirish, xususan, yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallari, ikkala mamlakatdagi aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish, xalqaro internet tarmog'iga yuqori tezlikda ulanishni tashkillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Afg'oniston , #Hamkorlik

Aloqador xabarlar