Turk dunyosidan xabarlar 28-qism

Turk dunyosida yuz bergan voqea va hodisalar haqida ma’lumot berish va bu mamlakatlar o’rtasidagi qardoshlik rishtalarini yana-da mustahkamlash maqsadida tayyorlagan “Turk dunyosidan xabarlar” dasturining yigirma sakkizinchi bo’limi.

768543
Turk dunyosidan xabarlar 28-qism

Turkiya

Aziz dasturimiz muxlislari, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti Bosh kotibi Dusen Qaseinovning qayd etishicha, kelasi yili qurilishining 25-yilligi nishonlanadigan TURKSOY, tashkil topganidan beri Turk dunyosini kelajak avlodga tanitish uchun adabiyot, san’at va diplomatik sohalarda bir necha faoliyat o’tkazgan.    

Shu doirada oxirgi marotaba yaqindagina yani 5-iyul kuni TURKSOY Bosh kotibiyatida uyushtirilgan Medal taqdim etish marosimi va “Nursulton Nazarboyevning Milliy g’oya va shuurni shoxlantirish manifestosi va bu borada Turk akademiklarga tushgan vazifalar” deb nomlangan konferentsiyada poytaxt Anqarada faoliyat olib borayotgan ko’plab chet el vakolatxonalari vakili, diplomat va jurnalist ishtirok etdi.

Bosh kotib Dusen Qaseinov, konferentsiyaning ochilish marosimda so’zlagan nutqida Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston va Qirg’iziston Respublikalarining o’tgan yili mustaqilliklarini, bu yil esa diplomatik aloqalarining 25-yilligini nishonlaganliklariga e’tibor qaratdi.

Davlatlar uchun uzoq deb hisoblanmagan bu 25 yillik vaqt davomida Turk dunyosining porloq kelajagi uchun muhim shaxdam qadamlar tashlanganligini eslatgan Qaseinov, “Munosabatlarning mustahkamlanishiga ko’pchilik qatori tashkilotimiz ham alohida hissa qo’shti” dedi.

Turk Respublikalariga ham TURKSOYni qo’llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan Qaseinov, “Ushbu qo’llab-quvvatlashlar, hududimizdagi barcha olimlarimiz orasida do’stlik va qardoshlik rishtalarining tiklanishiga yo’l ochti” deya gapirdi. 

Qozog’istonning Anqara elchisi Abzal Saparbekuli ham TURKSOY tomonidan uyushtirlgan tadbir va konferentsiyaning mintaqa davlatlari do’stligi uchun katta ahamiyat kasb etganligini bildirdi.

Saparbekuli TURKSOYning madaniyat va san’at sohasida olib borgan faoliyatlari bugungi kunda faqatgina Turk dunyosida emas ayni vaqtda butun dunyoga tanilayotganligini eslatar ekan shu bois ham TURKSOYning, bir xalqaro tashiklot ekanligini ta’kidladi.

Poytaxt Anqarada joylashgan Gazi nomidagi universitetning Turk tili va adabiyoti bo’limidan nafaqaga chiqqan professor doktor Ahmet Bijan Erjilasun, Nursulton Nazarboyevning mart oyida o’rtaga tashlagan Milliy shuurning shoxlantirilishi loyihasining jamoatchilik xabardorligining modernizatsiyasi jihatidan katta ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Nazarboyevning siyosiy islohotlar va iqtisodiy modernizatsiya loyihalariga qo’shimcha sifatida jamoatchilik xabardorligining modernizatsiyasiga ham e’tibor berganligiga diqqat qaratgan Erjilasun Nazarboyevning, “Shuur ishdan oldingi o’rinda bo’lishi kerak. Ishdan oldin shuurning zamonaviylashib, yangilanishi darkor” degan so’zlarini eslatdi.  

Nutqlar ortidan ko’plab akademik shuningdek, nodavlat va notijorat tashkilot vakillariga medal topshirildi. Ular orasida Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Ataturk nomidagi Madaniyat, til va tarix akademiyasi raisi professor doktor Derya O’rs, Turk tarix akademiyasi raisi professor doktor Refik Turan va Turk dunyosi tadqiqotlar fondi raisi Ko’zhan Yazgan ham bor edi.  

 

O’zbekiston

Turkiyalik shifokorlar O`zbekistonda 70dan ortiq operatsiya o`tkazishadi.

Salomatlik haftaligi doirasida Turkiyadan O`zbekistonga 19 nafar tajribali shifokor bordi.

Turkiya- O`zbekiston salomatlik haftaligi doirasida Toshkentga borgan turkiyalik shifokorlar 70dan ortiq o'zbekistonlik bemorlar ustidan yurak- qon tomir, ortopedik, urologik va ginekologik operatsiya o`tkazishadi.

Shu bilan to`rtinchi bor o`tkazilayotgan Turkiya- O`zbekiston salomatlik haftaligi Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi yani TİKAning qo`llab- quvvatlovi ostida ikki mamlakat sog`liqni saqlash vazirliklari tomonidan tashkil etilgan.

Mazkur xaftalikning ochilish marosimida so'z olgan Turkiya sog`liqni saqlash vazirligi vakili Selami Qilich, salomatlik haftaligi turk va o`zbek shifokorlari o`rtasidagi do`stlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, ularga boy tajribalari bilan o`rtoqlashish imkonini berishini takidladi.

Selami Qilich shuningdek, salomatlik haftaligi doirasida O`zbekistonga turkiyalik 19 nafar tajribali shifokor tashrif buyurganligini malum qildi.

Turkiyalik shifokorlar Toshkent va Urganch shaxarlaridagi kasalxonalarda davolanayotgan 70dan ortiq bemorda yurak-qon tomir, ortopedik, urologik va ginekologik operatsiyalarni amalga oshirishadi.

 

Qozog’iston

Turk dunyosi poytaxt Ostonada Musiqa festivalida uchrashti. Qozog’iston poytaxti Ostonada uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro Ostona Arkau Turk dunyosi an’anaviy musiqa festivalida Turkiya, Qozog’iston va Ozarbayjon bilan birga avshar va salar turklari nomidan ham sanatkorlar ishtirok etdi. 

Ostona Opera va balet teatridagi festivalda Turk dunyosining turli mamlakatlari nomidan ishtirok etgan san’atkorlar o’zlarining milliy asboblari bilan an'anaviy musiqa va qo'shiqlarini ijro etdilar.

Festival uyushtiruvchisi Askar Umarov, Anadolu axborot agentligiga bergan bayonotida an’anaviy turk musiqasi festivalini Ostonada o’tkazishni xohlaganliklarini qayd etib,

“Musiqa, xalqlarni birlashtirgan ajoyib va muqaddas til hisoblanadi. Barcha musiqalarning umumiy kelib chiqish tarixi bir. Bu yil festivalda birinchi marotaba avshar va salar turklari vakillari ham ishtirok etdi. Salarlar Xitoydan keldi. Ularning soni Xitoyda 100 ming nafarni tashkil etadi va ular Turk tilining og’uz lahjasida gapiradi. Avsharlar janubiy erondan kelgan turklardandir” dedi.  

Umarov, festival ishtirokchilari sonining yil o’tgan sayin ortib borayotganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar