Akinji, navbatdagi Kipr konferentsiyadan oldin bugun Turkiyaga keldi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji 28-iyun kuni Shveytsariyada bo’lib o’tadigan Kipr konferentsiyadan oldin bugun Turkiyaga keldi.

758543

Konferentsiyadan oldin vaziyatni baholash uchun poytaxt Anqaraga kelgan Mustafa Akinji, Bosh vazir Binali Yildirim bilan uchrashdi.

Chankaya ko’shkida matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuv, roppa-rosa 1 soat davom etdi.

Uchrashuvda Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham ishtirok etdi.

ShKTR Prezidenti ertaga Istanbulda, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan ham uchrashuv o’tkazadi.

Akinjining ziyorati oldidan muzokara hay’ati ham Anqarada, Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan ham uchrashgan edi.

Aloqador xabarlar