Bugun Qirg’izistonda motam kuni

Kecha Qirg’izistonning janubida yuz bergan yer ko'chkisi yuzasidan 6 ta uy vayron bo’lar ekan ular ostida roppa-rosa 24 kishi qolib ketgan. Ulardan 9 nafari yosh bolalardan iborat.

723051
Bugun Qirg’izistonda motam kuni

Bugun Qirg’izistonda motam kuni. Bu haqidagi farmonga mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev kecha 29 aprel kuni qo’l qo’ygan.

Ushbu farmonga ko’ra bugun Qirg’izistonning barcha mintaqasida shuningdek, Qirg’izistonning chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxona binolarida Qirg’iz Respublikasi bayroqlari tushirildi.

Mamlakatning madaniy muassasalari va teleradiokompaniyalarida o’yin tomosha o’tkazish va shu mavzuda dasturlar olib borish faoliyatlari to’xtatildi.

Qirg’iz Respublikasi hukumati mahalliy boshqaruv organlari bilan birga falokatda jon berganlarning tirik qo’lgan oila a’zolari va yaqinlariga borib, kerakli yordamlarni ko’rsatib, ularga hamdardlik bildirdi.

Farmon, qo’l qo’yilgan kundan boshlab kuchga kirdi.

Aytib o’tish joizki Qirg’iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha kecha 2017-yilning 29-apreli kuni mamlakatning O’sh viloyati, O’zgan tumani, Ayu qishlog’ida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:20 chog’larida yer ko’chkisi yuz bergan.

Buning oqibatida 6 ta uy vayron bo’lar ekan, uylar ostida roppa-rosa 24 kishi qolib ketgan. Ulardan 9 nafari yosh bolalardan iborat.

Hozirda ularni izlab topish uchun qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.



Aloqador xabarlar