Sankt-Peterburg terakti:Qirg'izistonlik Abror Azimov qo’lga olindi

Abror Azimov Moskvadagi Sankt-Peterburg metrosida terrorchilik harakatini sodir qilganlikda gumon qilingan qirg’izistonlik Akbarjon Jalilovni tayyorlash bilan shug'ullangan.

715179
Sankt-Peterburg terakti:Qirg'izistonlik Abror Azimov qo’lga olindi

Shu yilning 3 aprel kuni Moskvadagi Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terrorchilik harakati tashkilotchilaridan biri sifatida gumon qilingan shaxs qo'lga olindi.

Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qiladi.

Ma’lumotga ko’ra, metroda sodir etilgan terrorchilik harakati yuzasidan olib borilgan tergov doirasida 27 yoshli O’rta osiyolik Abror Azimov qo’lga tushirilgan.

U poytaxt Moskva yaqinlarida qo’lga tushgan.

1990 yilda tug'ilgan Abror Azimov terrorchilik harakatini sodir qilganlikda gumon qilingan qirg’izistonlik Akbarjon Jalilovni (22 yosh) tayyorlash bilan shug'ullangan.

Qo'lga olish chog'ida uning yonidan harbiy pistolet topilgan.

Abror Azimov qo’lga olinishi bilanoq Tergov qo'mitasiga olib ketilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Azimov Abror Ahralovich 1990 yilda Qirg'izistonning Jalolobod viloyatida tug'ilgan, 2013 yilning 25 mayida Qirg'iziston fuqaroligidan chiqarilgan.

Eslatma: 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida 15 kishi halok bo'lgan, 49 kishi jarohatlangan.

 



Aloqador xabarlar