O'zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi

2017 yilning 13 mart kuni Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan muzokaralar o'tkazdi.

691008
O'zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi

Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.

Ma’lumotga ko’ra, ular mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo'lga qo'yish uchun tashrif buyurgan.

2017 yilning 13 mart kuni Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan muzokaralar o'tkazdi.

Boboyevning ta`kidlashicha, O'zbekiston rahbariyati Rossiya bilan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

U O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rejalashtirilgan tashrifi davomida O'zbekiston va Rossiya o’rtasida mintaqalararo hamkorlik to'g'risidagi hukumatlararo kelishuv imzolanishini ta`kidlab o'tgan.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, hujjat huquqiy asosni yaratib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada faollashtirishga yordam beradi.

Gubernator Georgiy Poltavchenkoning ta`kidlashicha, so'nggi paytlarda Sankt-Peterburg va O'zbekiston iqtisodiy aloqalarni asta-sekin tiklamoqda.

 Shu tariqa, 2016 yilda O'zbekiston bilan savdo hajmi 2015 yil bilan taqqoslaganda 35 foizga o'sdi. Bu esa, 124,7 mln. dollarga teng keladi.

2016 yilda Sankt-Peterburgdan O'zbekistonga eksport hajmi 84,3 mln. dollarni, O'zbekistondan import esa – 40,4 mln. dollarni tashkil etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston va Rossiya kompaniyalari o'rtasida sanoat, yangi va qayta ishlangan qishloq xo'jalik mahsulotlari kabi yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, shuningdek madaniy va turizm aloqalarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilishdi.

Muloqot davomida mehnat migratsiyasi masalasidagi o'zaro harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

 Shuningdek Sankt-Peterburgda O'zbekiston Bosh konsulligining ochilishi bilan bog'liq mavzu ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, Sankt-Peterburgdan bir guruh delegatsiya biznes doiralar vakillari bilan joriy yilning noyabr oyida O'zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi.

 

 



Aloqador xabarlar