O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi ish imkonlari poytaxt Anqarada qo’lga olindi

Anqarada O’zbekiston-Turkiya o’rtasidagi ish imkonlari qo’lga olinar ekan unda ko’proq o’zbek hukumat vakillari bilan ishbilarmonlar O’zbekistondagi investitsiya imkonlari haqida turk ishbilarmonlarga ma’lumot berdi va ular qiziqqan savollarni javobladi.

683994
O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi ish imkonlari poytaxt Anqarada qo’lga olindi

Anqara savdo palatasi tomonidan, “O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi ish imkonlari” deb nomlangan yig’ilish uyushtirildi.

Ushbu yig’ilishda o’zbekistonlik hukumat vakillari bilan turk-o’zbek ishbilarmonlari ishtirok etdi.

Anqara savdo palatasi tomonidan ma’lum qilinishicha, palataning Boshqaruv kengashi raisi o'rinbosari Mustafa Deryal yig’ilishda, tarixi va madaniyati bir faqat ikkita mamlakat o’rtasidagi siyosiy munosabatlarning o’tmishi bugungacha iqtisodiy munosabatlarga ham o’zinig salbiy ta’sirini ko’rsatib kelganligini eslatdi.

Shuningdek, O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmining qariyb 1.2 milliard dollar ekanligini, buning esa yetarli emasligini ta’kidlagan Deryal, “2016-yili Anqara O’zbekistonga faqatgina 44 million dollarlik eksport, 6 million dollarlik esa import qildi. Bu raqamlarni ko’tarishimiz darkor. Ham siyosiy munosabatlarimiz, ham O’zbekistondagi yangi hukumatning investitsiyalarga yo’l ochib berishi orqali O’zbekiston bilan bo’lgan savdo hajmimizni 2017-yili ikki barobarga chiqarmoqchimiz” dedi.    

O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vaziri o'rinbosari To’lqin Safarov esa qishloq xo’jaligi, to'qimachilik, turizm, charm va charm mahsulotlari, kimyo sanoati, maishiy texnika va elektron qurilmalar tarmog’ida turk ishbilarmonlarning tajribalariga ehtiyoj borligini ta’kidlab, ularni O’zbekistonda investitisiya qilishga chaqirdi.

Bir yilda 21 million tonna yangi meva va sabzavot; 1.2 million tonna paxta yetishtirganliklarini lekin bularning judayam oz miqdoridan foydalana olganliklarini ta’kidlab o’tgan Safarov, “O’zbekistonga tashrif buyurib, ushbu tarmoqlarda biz bilan birga hamkorlik qilishingizni xohlar edik” dedi.

Safarov shuningdek,

O’zbekistonga 1 yilda 1 million 200 ming sayyohning kelayotganligini, bu raqamning judayam kam ekanligini va qoniqarli emasligini qayd etdi.

Anqara savdo palatasi sifatida eksportni orttirish uchun faoliyat olib borayotganliklarini ta’kidlagan Deryal, bu doirada O’zbekistonga ham bormoqchi ekanliklarini va Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi savdo tarmog’idagi hamkorlikni mustahkamlash uchun o’z zimmasiga tushgan barcha javobgarchiliklarni amalga oshirajaklarini ma’lum qildi. Deryal, “Turk-o’zbek ishbilarmonlari o’rtasidagi tajriba va sarmoyalar almashiladigan ko’priklarni qurishga biz tayyormiz” dedi.

O’zbek hukumat vakillari bilan ishbilarmonlar ham O’zbekistondagi investitsiya imkonlari haqida turk ishbilarmonlarga ma’lumot berib, ularning savollariga javob berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar