Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev Nobel tinchlik mukofotiga nomzod...
Bu haqda Qozog’istonning rasmiy xabar agentligi “Kazinforum” xabar tarqatgan.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev Nobel tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko’rsatildi.
Bu haqda Qozog’istonning rasmiy xabar agentligi “Kazinforum” xabar tarqatgan.
Xabarga ko’ra, Shveysariyaning Bazel shahridagi Tinchlik, bilim va tadqiqot instituti direktori Alyn Vare media orqali Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevni va Atom loyihasining sharafli elchisi Karipbek Kuyukovni atom qurollanishni oldini olishga doir ko’rsatgan sa’y-harakatlari tufayli Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko’rsatganini ma’lum qildi.
Alyn Vare Nobel komitetiga bergan arizasida, Nazarbayevni 22 yil ichida atom qurollanishni oldini olish bo’yicha katta ishlarni amalga oshirganini, shuningdek atom qurolsiz tinchlik hukm surgan obod dunyoni barpo etish maqsadida o’z faoliyatlarini davom ettirayotganini tilga oldi.
Nursulton Nazarbayev bundan oldingi yillarda ham Nobel tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko’rsatilgan edi, lekin mukofotni qo’lga kirita olmagandi.