Istanbulda Turkiya-O’zbekiston biznes forumi bo'lib o'tadi

Turkiya bilan O'zbekiston o'z hamkorligini kengaytirish masalasini muhokama qilish niyatida 2017-yilning 9-fevralida ham poytaxt Anqarada davra suhbati o'tkazgan edi.

679921
Istanbulda Turkiya-O’zbekiston biznes forumi bo'lib o'tadi

Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan 2017-yilning 27-fevrali kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Hilton Istanbul Bosphorus nomidagi mehmonxonada Turkiya-O'zbekiston biznes forumi bo'lib o'tadi.

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiyev, Qishloq va suv xo’jaligi vaziri o'rinbosari Muzaffar Fayziev va O’zbekistonning eng yirik davlat korxonalari rahbarlari ishtirokidagi yig’ilishda O’zbekiston iqtisodiyotidagi oxirgi vaziyat, O'zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi va investorlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’ruza qilinadi.  



Aloqador xabarlar