Ozarbayjon poytaxti Boku kecha AQSh-Rossiya uchrashuviga mezbonlik qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford rossiyalik kasbdoshi Valeriy Gerasimovdan oldin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

674154
Ozarbayjon poytaxti Boku kecha AQSh-Rossiya uchrashuviga mezbonlik qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford bilan Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov Bokuda uchrashdi.

Uchrashuvdan oldin Dunford, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Dunford, Prezident Aliyevga Ozarbayjonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashi va rossiyalik kasbdoshi Gerasimov bilan Bokuda uchrashuvi uchun qo’shgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov ham Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov bilan uchrashdi.

Dunford Gerasimov uchrashuvi esa kecha oqshom vaqtlarida bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda Suriya va mintaqadagi oxirgi vaziyat, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash va Suriyadagi harbiy qismlarning aloqalarining orttirilishi kabi mavzular baholandi.

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha Dunford bilan Gerasimov, bugungi kunda butun dunyoda yuz berayotgan taranglikning kamaytirilishi uchun birgalikda faoliyat olib borish haqida qaror qabul qilganlar.

Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford bugun Turkiyada bo’ladi.



Aloqador xabarlar