O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida qator hujjatlar imzolandi.

674538
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida qator hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat o‘rtasida tovarlar va transport vositalarini ko‘chirishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish tartiblarini soddalashtirishni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Mazkur hujjat 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi doirasida imzolandi.

Yig‘ilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligida bo’lib o‘tdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda yuqori fitosanitar xavf mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishda fitosanitar talablarga rioya qilish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.

“O‘zqurilishmateriallar” AJ va “Yevrotsement Grupp” AJ “Ohangaronsement” AJ bazasida quruq yo‘l bilan sement ishlab chiqarish texnologik liniyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvlar to‘g‘risidagi protokol imzolandi.

Toshkentdagi Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi va Sankt-Peterburgda “Almazov” nomidagi Shimoli-g‘arbiy federal tibbiy tadqiqot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti, shuningdek, O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam respublika ilmiy markazi va Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi.

 



Aloqador xabarlar