O’zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 7-fevrali kuni Quvaytda bo’ladi

Joriy yilning 7-10-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Quvayt Davlatida bo’ladi.

665664
O’zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 7-fevrali kuni Quvaytda bo’ladi

2017-yilning 7-10-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Quvayt Davlatida bo’ladi.

Bu haqida ma’lumot tarqatgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga ko’ra tashrif dasturidan Bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, Milliy majlis Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G’anim bilan uchrashuv va muzokaralar o’tkazish o’rin olgan.

Shuningdek o’zbekistonlik delegatsiyasi O’zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo’shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Tashrif damovida investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga yo’naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar