O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo’yildi

Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berilganini ma’lum qildi.

665278
O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo’yildi

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo’yildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berilganini ma’lum qildi.

1-fevralda e’lon qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotida paxta yig‘im-terimi sektorida majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar qayd etildi.

“Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmasligi jamiyatning barcha qatlamlari: hukumat, o‘qituvchilar, mutaxassislar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston tashkiliy ravishda bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga barham berdi”, — deyiladi Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotida.

 



Aloqador xabarlar