Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni tabriklab, Germaniyaga maktub yo’lladi

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni Germaniya Federativ Respublikasining Federal Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

661902
Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni tabriklab, Germaniyaga maktub yo’lladi

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni Germaniya Federativ Respublikasining Federal Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra ushbu tabrikda an’anaviy do’stona, serqirra va o’zaro manfaatli O’zbekiston-Germaniya munosabatlarini yana da mustahkamlashishi va rivojlanishiga ishonch bildirilgan.

Shuningdek tabrik maktubida, “Sizning Federal iqtisodiyot va energetika vaziri sifatida ulkan ish tajribasiga egaligingizni inobatga olgan holda biz mamlakatlarimiz o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion-texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish va oshirishga umid qilamiz”, - deb ta’kidlangan.

 



Aloqador xabarlar