Astanadagi Suriya muzokarasida, o’q uzishni to’xtatish masalasida kelishib olindi

Suriyada 6 yildan beri davom etgan ichki urushni to'xtatish maqsadida Suriya Harbiy muxolifat hay’ati, Bashar al-Asad rejimi, Turkiya, Rossiya, Eron, AQSh va BMT hay’atlari ishtirokidagi xalqaro uchrashuvga Qozog'iston mezbonlik qilmoqda.

658151
Astanadagi Suriya muzokarasida, o’q uzishni to’xtatish masalasida kelishib olindi

Qozog’iston poytaxti Astanada davom etgan Suriya muzokarasida urushning to’xtatilishi va o’q uzishni to’xtatish kelishuvining buzilishini oldini olish borasida Turkiya, Rossiya va Eron kelishib oldi.

Bunga ko’ra kelishib olgan ushbu uch mamlakat bir mexanizm tashkil etib u orqali maydondagi o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib, qilinmaganligini agar amal qilinmagan bo’lsa unda unga amal qilinishini ta’minlashni talab qiladi.

Aytib o’tish joizki Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Astanada davom etgan Suriya muzokarasi to’g’risida rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qilib, Suriya muzokarasi haqida fikr almashdi.

Astanadagi Suriya muzokarasining bugun yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Muzokara o’z yakuniga yetmay turib, tomonlarning qo’shma deklaratsiyaga qo’l qo’yishlari kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Astana , #Suriya muzokarasi

Aloqador xabarlar