Qirg’izistondagi aviahalokatda jon bergan turkiyalik 3 ekipaj oxirgi manzilga kuzatildi

Eslatib o’tamiz 2017-yilning 16-yanvari kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkekda yuz bergan aviahalokatda 4 nafar turkiyalik ekipaj ham jon bergan edi.

655561
Qirg’izistondagi aviahalokatda jon bergan turkiyalik 3 ekipaj oxirgi manzilga kuzatildi

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda joylashgan “Manas” aeroporti yaqinida qulagan Boeing 747-400 rusumidagi yuk tashuvchi uchoqda jon bergan ekipajlardan uchuvchi Ibrahim Gurjan Diranji, ikkinchi uchuvchi Kazim O’ndil va bortmexanik Ihsan Koja kecha o’z yurtlarida harbiy marosim bilan tuproqqa berildi. 

Ushbu aviahalokatda jon bergan yukchi Melih Aslanning jasadi esa Bishkekdagi zarur ma’muriy tamoyil ortidan Turkiyaga yuboriladi.

Eslatib o’tamiz 2017-yilning 16-yanvari kuni ACT Havo yo’liga oid Boeing 747-400 rusumidagi yuk tashuvchi uchoq Qirg’iziston poytaxti Bishkekda joylashgan “Manas” aeroportiga qonish jarayonida aeroport yaqinida joylashgan Dacha qishlog’idagi turar-joy mintaqasiga qulab, aviahalokatga uchragan edi. Buning oqibatida uchoqdagi 4 nafar ekipaj bilan nomi tilga olingan mintaqadagi 34 nafar Qirg’iziston fuqarosi jon berar ekan Dacha qishlog’ida 23 ta uy vayron bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Bishkek , #aviahalokat

Aloqador xabarlar