Qirg’izistonning poytaxti Bishkek yaqinlarida “Boeing 747” yuk samolyoti qulab tushdi

Qirg’iziston sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, aviahalokat oqibatida 32 kishi halok bo'lgan.

651869
Qirg’izistonning poytaxti Bishkek yaqinlarida “Boeing 747” yuk samolyoti qulab tushdi

Qirg’izistonning poytaxti Bishkek yaqinlarida 16 yanvar kuni ertalabda “Boeing 747” yuk samolyoti qulab tushdi.

Aviahalokat oqibatida 32 kishi halok bo'lgan.

Qirg’iziston Bosh vazir o’rinbosari Muhambetkaliy Abulkaziyev ma’lum qilishicha, Turkish Airlines aviakompaniyasining Gonkong-Bishkek reysini amalga oshirayotgan “Boeing 747” yuk samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 07:30 atrofida Bishkek yaqinlaridagi bir qishloqqa qulab tushgan.

Ma’lumotga ko’ra, samolyot Bishkekdagi Manas aeroportiga qo'nish arafasida bo’lgan.

Qirg’iziston sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, halok bo’lganlarning aksariyati samolyot qulab tushgan hududda yashovchi mahalliy qirg’zlardan iborat.

Ma’lumotlarga ko’ra, voqea joyiga Qirg'iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenebekov va sog'liqni saqlash vaziri Talantbek Batiraliyev yetib kelgan.

Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, samolyot qulab tushgan qishloqda ikkita uy yonib ketgan.

Voqea joyiga ko’plab o’t o’chiruvchilar va qutqaruvchilar safarbar qilindi.

Aviahalokatda nobud bo’lgan 4 ta ekipajning turk ekani aniqlandi.

Yaralangan 4 kishi shifoxonaga yotkizildi. Bulardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

 



Aloqador xabarlar